Bosh sahifa › Xizmatlar › Buxgalteriya xizmati
Buxgalteriya xizmati Toshkentda
Firmangiz buxgalteriyasini to'liq o'z zimmamizga olamiz: birlamchi hujjatlardan tortib soliq hisobotlari va yillik balansgacha. Siz buxgalter qidirmaysiz, ish joyi va dasturga pul sarflamaysiz.
Kimlar uchun
- Yangi ochilgan firmalar — birinchi oydan hisobni to'g'ri yo'lga qo'yamiz, soliq rejimini tanlashda maslahat beramiz.
- Kichik va o'rta biznes — savdo, xizmat ko'rsatish, ishlab chiqarish, qurilish firmalari.
- QQS to'lovchilar va aylanmadan soliq to'lovchilar — har ikki rejimdagi hisobotlar bilan ishlaymiz.
- Buxgalteri ketib qolgan firmalar — bazani qabul qilib, tekshirib, hisobni uzilishsiz davom ettiramiz.
Xizmatga nimalar kiradi
- Birlamchi hujjatlar, elektron hisob-fakturalar va bank vipiskalarini hisobga olish.
- Soliq hisobotlarini tayyorlash va topshirish — QQS, aylanmadan soliq, foyda solig'i, mol-mulk solig'i va boshqalar.
- Ish haqi, JShDS (NDFL) va INPS — hisoblash, hisobot va to'lov.
- 1C: Buxgalteriya bazasini yuritish — kirim-chiqim, ombor, asosiy vositalar.
- Kontragentlar bilan akt sverkalar va qarzdorlik nazorati.
- Yillik moliyaviy hisobot: balans va moliyaviy natijalar to'g'risidagi hisobot.
- Soliq organidan kelgan xat va talabnomalarga javob tayyorlash.
Autsorsing yoki shtatdagi buxgalter?
| Mezon | Shtatdagi buxgalter | BUX SOF |
|---|---|---|
| Xarajat | Ish haqi, undan soliqlar, ish joyi, kompyuter, 1C | Faqat oylik xizmat haqi |
| Ta'til va kasallik | Hisobotlar to'xtab qolishi mumkin | Ish to'xtamaydi |
| Nazorat | Xatoni tekshiradigan odam yo'q | Har hisobot bank, ESF va 1C bilan solishtiriladi |
| Muddatlar | Bir kishining xotirasiga bog'liq | Hisobot muddatlari tizimli nazorat qilinadi |
Narxi qancha
Narx oyiga nechta hujjat o'tishiga, xodimlar soniga va soliq rejimiga bog'liq. Shuning uchun tayyor "prays" bermaymiz: ariza qoldirasiz, firmangiz haqida 3–4 ta savol beramiz va aniq narxni bepul hisoblab aytamiz. Hech qanday majburiyat yo'q.
Ofisimiz
Ishning katta qismi masofadan bajariladi, lekin istalgan payt uchrashib gaplashishimiz mumkin.
Ko'p beriladigan savollar
Hujjatlarni qanday topshiraman?
Ko'p hujjatlar elektron: hisob-fakturalar, bank vipiskasi, soliq kabineti. Qog'oz hujjatlarni Telegram orqali rasm yoki skan qilib yuborasiz yoki Novza ko'chasi, 14 dagi ofisimizga olib kelasiz.
Qaysi soliq rejimidagi firmalar bilan ishlaysiz?
QQS to'lovchilar bilan ham, aylanmadan soliq to'lovchilar bilan ham. Firma hali ochilmagan bo'lsa, rejim tanlashda maslahat beramiz.
Ofisga kelish shartmi?
Yo'q, ishning katta qismi masofadan bajariladi. Uchrashmoqchi bo'lsangiz, ofisimiz Dushanbadan Shanbagacha 9:00–18:00 da ishlaydi.
Boshqa xizmatlar
Narxni bepul hisoblab beramiz
Ariza qoldiring — o'zimiz qo'ng'iroq qilamiz, firmangiz haqida bir necha savol berib, aniq narxni aytamiz. Hech qanday majburiyat yo'q.
Ariza qoldirish