Bosh sahifa › Xizmatlar › 1C buxgalteriya
1C: Buxgalteriya Uzbekistan yuritish
Firmangiz 1C bazasini har kuni tartibda saqlaymiz: bank, hisob-fakturalar, ombor va asosiy vositalar. Toza baza — to'g'ri hisobot va istalgan paytda aniq qoldiqlar.
1C da nimalarni qilamiz
- Bank vipiskalari — kirim va to'lovlarni kontragent hamda shartnoma bo'yicha to'g'ri taqsimlaymiz.
- Elektron hisob-fakturalar — kiruvchi va chiquvchi ESF larni bazaga kiritib, soliq kabineti bilan solishtiramiz.
- Ombor hisobi — tovarlarni nomi bo'yicha emas, IKPU kodi va o'lchov birligi bo'yicha yuritamiz. Quti yoki pachka bilan kelib, dona bilan sotiladigan tovarlarda qoldiq shunda to'g'ri chiqadi.
- Asosiy vositalar va NMA — kirim, foydalanishga topshirish va amortizatsiya (amortizatsiya kalkulyatori).
- Oy yopish — xarajatlarni taqsimlash, moliyaviy natijani aniqlash, oborot-saldo vedomostini tekshirish.
- Akt sverkalar — kontragentlar bilan qarzdorlikni solishtirish.
Bazangizda xato bormi?
Ko'p uchraydigan holatlar: ombor qoldig'i minusga tushgan, kontragentlar qarzi real holatga mos emas, bir to'lov ikki marta kiritilgan, noto'g'ri hujjatlar provodkasi bekor qilinib, bazada qolib ketgan. Bunday hujjatlarni o'chirishga belgilab, to'g'ri hujjat bilan almashtiramiz, oyni qayta yopamiz. Katta tartibsizlik bo'lsa — buxgalteriyani tiklash xizmati.
Schyotlar va provodkalar
Qaysi operatsiya qaysi schyotda aks etishini tez topish uchun schyotlar rejasi va tayyor provodkalar sahifamizdan foydalaning.
Ofisimiz
Ishning katta qismi masofadan bajariladi, lekin istalgan payt uchrashib gaplashishimiz mumkin.
Ko'p beriladigan savollar
Qaysi 1C konfiguratsiyasi bilan ishlaysiz?
Asosan 1C: Buxgalteriya Uzbekistan 3.0 bilan. Boshqa konfiguratsiyalar bo'yicha avval bazani ko'rib chiqamiz.
1C bazasi kimda turadi?
Baza sizning firmangizniki bo'lib qoladi. Kerak bo'lsa, istalgan payt nusxasini olasiz.
Faqat 1C ni tuzatib berasizmi, to'liq xizmatsiz?
Ha, bir martalik ish sifatida ham qilamiz: bazani tekshirib, xatolarni tuzatib, hisobot tayyorlab beramiz.
Boshqa xizmatlar
Narxni bepul hisoblab beramiz
Ariza qoldiring — o'zimiz qo'ng'iroq qilamiz, firmangiz haqida bir necha savol berib, aniq narxni aytamiz. Hech qanday majburiyat yo'q.
Ariza qoldirish