Bosh sahifa › Xizmatlar › Soliq hisobotlari

Xizmatlar

Soliq hisobotlarini topshirish xizmati

QQS, aylanmadan olinadigan soliq, foyda solig'i va boshqa hisobotlarni tayyorlaymiz, tekshiramiz va soliq kabinetiga muddatida yuboramiz. Siz faqat natija haqida xabar olasiz.

Qaysi hisobotlarni topshiramiz

  • QQS hisoboti — sotish va xarid hisob-fakturalari bo'yicha, qaytariladigan QQS nazorati bilan.
  • Aylanmadan olinadigan soliq — soddalashtirilgan rejimdagi firmalar uchun.
  • Foyda solig'i — davriy hisob-kitoblar va yillik deklaratsiya.
  • Mol-mulk, yer va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlar — firmada tegishli obyekt bo'lsa.
  • Ish haqi bo'yicha hisobotlar — JShDS va ijtimoiy soliq (batafsil: ish haqi xizmati).
  • Yillik moliyaviy hisobot — buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to'g'risidagi hisobot.

Har oy qaysi hisobot qachongacha topshirilishini soliq muddatlari kalendarida ko'rishingiz mumkin.

Hisobotni topshirishdan oldin nimani tekshiramiz

  1. Bank vipiskasi — barcha kirim va to'lovlar hisobda aks etganmi.
  2. Elektron hisob-fakturalar (ESF) — kiruvchi va chiquvchi fakturalar 1C bilan bir xilmi, bekor qilingan yoki qabul qilinmaganlari bormi.
  3. 1C bazasi — qoldiqlar, ombor va hisob-kitoblar to'g'rimi.
  4. O'tgan davr — oldingi hisobotlar bilan raqamlar mos keladimi.

Shundan keyingina hisobot imzolanadi. Bu "Xatosiz" qoidamizning asosi: tuzatish hisoboti topshirish va soliqdan talabnoma olish ehtimolini keskin kamaytiradi.

Faoliyat bo'lmasa ham hisobot kerakmi?

Ha. Firma ro'yxatda turgan ekan, oyda savdo bo'lmasa ham hisobotlar topshiriladi (ko'pincha "nol hisobot" deyiladi). Topshirilmasa, jarima qo'llanishi va soliq kabinetida muammolar paydo bo'lishi mumkin. Faoliyati to'xtab turgan firmalarning hisobotlarini ham topshirib boramiz.

Ofisimiz

Ishning katta qismi masofadan bajariladi, lekin istalgan payt uchrashib gaplashishimiz mumkin.

Toshkent, Novza ko'chasi, 14Dushanba–Shanba, 9:00–18:00

Ko'p beriladigan savollar

Hisobotni kechiktirsam nima bo'ladi?

Muddatida topshirilmagan hisobot va to'lanmagan soliq uchun Soliq kodeksiga ko'ra jarima va penya qo'llanadi. Biz hisobotlarni muddat oxirini kutmasdan tayyorlaymiz.

Avvalgi davrlarda xato bo'lsa-chi?

Xatoni topib, tuzatish hisobotini (aniqlashtirilgan hisobot) tayyorlaymiz. Katta tartibsizlik bo'lsa, avval buxgalteriyani tiklaymiz.

Soliqdan talabnoma keldi, yordam berasizmi?

Ha. Talabnomani o'rganib, kerakli hujjat va tushuntirish xatini tayyorlaymiz va o'z vaqtida javob yuboramiz.

Boshqa xizmatlar

Narxni bepul hisoblab beramiz

Ariza qoldiring — o'zimiz qo'ng'iroq qilamiz, firmangiz haqida bir necha savol berib, aniq narxni aytamiz. Hech qanday majburiyat yo'q.

Ariza qoldirish