Schyotlar rejasi va provodkalar
21-son BHMS bo'yicha eng ko'p ishlatiladigan 49 ta schyot. Schyotni bosing — nimani hisobga olishi va tayyor provodkalari ochiladi.
Barchasini ochish
Hech narsa topilmadi.
0100 Asosiy vositalarAktiv · Uzoq muddatli aktivlar
Bino, uskuna, transport, mebel, kompyuter kabi bir yildan ortiq ishlatiladigan aktivlar. Turi bo'yicha 0110–0199 subschyotlarda yuritiladi: provodkalardagi «01xx» — obyekt turiga mos subschyot (masalan, binolar uchun 0130), «02xx» — unga mos eskirish subschyoti.
Provodkalar
Operatsiya Dt Kt Foydalanishga topshirildi 01xx 0820 To'liq eskirgan yoki sotilgan AV: eskirish summasi chiqarildi 02xx 01xx Qoldiq qiymat chiqib ketishga o'tkazildi 9210 01xx
5-son BHMS →
0200 Asosiy vositalarning eskirishiKontraktiv · Uzoq muddatli aktivlar
Asosiy vositalar bo'yicha hisoblangan amortizatsiya yig'iladi. Balansda 0100 dan ayirib ko'rsatiladi.
Provodkalar
Operatsiya Dt Kt Ma'muriy maqsaddagi AV amortizatsiyasi 9420 02xx Sexdagi uskuna amortizatsiyasi 2510 02xx Sotish bo'limidagi AV amortizatsiyasi 9410 02xx
Amortizatsiya kalkulyatori →
0400 Nomoddiy aktivlarAktiv · Uzoq muddatli aktivlar
Dasturiy ta'minot, litsenziya, tovar belgisi, patent, ma'lumotlar bazasidan foydalanish huquqi.
Provodkalar
Operatsiya Dt Kt Foydalanishga kiritildi 04xx 0830
7-son BHMS →
0500 Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasiKontraktiv · Uzoq muddatli aktivlar
Nomoddiy aktivlarning foydali xizmat muddati davomida hisoblangan amortizatsiyasi.
Provodkalar
Operatsiya Dt Kt Oylik amortizatsiya hisoblandi 9420 05xx
0800 Kapital qo'yilmalarAktiv · Uzoq muddatli aktivlar
Hali foydalanishga topshirilmagan AV va nomoddiy aktivlar xarajatlari yig'iladi: 0810 — qurilish, 0820 — AV xaridi, 0830 — nomoddiy aktiv xaridi.
Provodkalar
Operatsiya Dt Kt AV sotib olindi (QQSsiz summa) 0820 6010 Xarid bo'yicha kiruvchi QQS 4410 6010 Nomoddiy aktiv sotib olindi 0830 6010
1010 Xomashyo va materiallarAktiv · Tovar-moddiy zaxiralar
Ishlab chiqarish va xo'jalik ehtiyojlari uchun olingan materiallar.
Provodkalar
4-son BHMS →
2010 Asosiy ishlab chiqarishAktiv · Tovar-moddiy zaxiralar
Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari yig'iladi; oy oxirida tayyor mahsulotga o'tkaziladi.
Provodkalar
2510 Umumishlab chiqarish xarajatlariAktiv · Tovar-moddiy zaxiralar
Sex boshqaruvi, uskuna amortizatsiyasi, sexdagi elektr energiyasi kabi bilvosita xarajatlar.
Provodkalar
Operatsiya Dt Kt Sex uskunasi amortizatsiyasi 2510 02xx Sex uchun kommunal xizmatlar 2510 6010 Oy oxirida tannarxga taqsimlandi 2010 2510
2810 Ombordagi tayyor mahsulotlarAktiv · Tovar-moddiy zaxiralar
Korxonaning o'zi ishlab chiqargan va sotishga tayyor mahsulot.
Provodkalar
Operatsiya Dt Kt Ishlab chiqarishdan kirim 2810 2010 Sotilgan mahsulot tannarxi 9110 2810
2910 Ombordagi tovarlarAktiv · Tovar-moddiy zaxiralar
Qayta sotish uchun sotib olingan tovarlar.
Provodkalar
4-son BHMS →
3100 Kelgusi davr xarajatlariAktiv · Kelgusi davr xarajatlari
Bir martada to'langan, lekin keyingi oylarga tegishli xarajatlar: yillik obuna, sug'urta, litsenziya.
Provodkalar
4010 Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlarAktiv · Debitorlik qarzlari
Sotilgan tovar, mahsulot va xizmatlar uchun xaridorlarning qarzi.
Provodkalar
4220 Xizmat safari bo'yicha berilgan bo'naklarAktiv · Debitorlik qarzlari
Xodimga xizmat safari xarajatlari (yo'l, mehmonxona, sutkalik) uchun berilgan pul.
Provodkalar
Operatsiya Dt Kt Safar uchun kassadan avans berildi 4220 5010 Avans hisoboti tasdiqlandi 9420 4220 Ishlatilmagan qoldiq qaytarildi 5010 4220
4230 Umumxo'jalik xarajatlari bo'yicha berilgan bo'naklarAktiv · Debitorlik qarzlari
Hisobdor shaxsga mayda xaridlar va xo'jalik ehtiyojlari (kanselyariya, xo'jalik mollari) uchun berilgan pul.
Provodkalar
Operatsiya Dt Kt Xo'jalik xarajatlariga avans berildi 4230 5010 Kanselyariya sotib olindi (avans hisoboti) 1010 4230 Xizmat uchun to'langan (avans hisoboti) 9420 4230
4310 Mol yetkazib beruvchilarga berilgan bo'naklarAktiv · Debitorlik qarzlari
Tovar yoki xizmat kelishidan oldin yetkazib beruvchiga o'tkazilgan pul.
Provodkalar
4410 Budjetga soliqlar bo'yicha bo'nak to'lovlariAktiv · Debitorlik qarzlari
Soliqlar bo'yicha oldindan to'lovlar. Amaliyotda hisobga olinadigan kiruvchi QQS ham shu yerda, alohida subschyotda yuritiladi.
Provodkalar
Operatsiya Dt Kt Xariddagi kiruvchi QQS 4410 6010 Kiruvchi QQS chiquvchi QQSga hisobga olindi 6410 4410
QQS kalkulyatori →
4610 Ta'sischilarning ustav kapitaliga ulushlar bo'yicha qarziAktiv · Debitorlik qarzlari
Ta'sis hujjatlarida e'lon qilingan, lekin hali kiritilmagan ustav kapitali.
Provodkalar
Operatsiya Dt Kt Ustav kapitali ro'yxatdan o'tdi 4610 8330 Ta'sischi pul kiritdi 5110 4610
5010 Milliy valyutadagi pul mablag'lari (kassa)Aktiv · Pul mablag'lari
Korxona kassasidagi naqd so'm.
Provodkalar
Operatsiya Dt Kt Bankdan naqd pul olindi 5010 5110 Naqd tushum bankka topshirildi 5110 5010
5110 Hisob-kitob schyotiAktiv · Pul mablag'lari
Bankdagi asosiy so'mlik schyot — barcha naqdsiz to'lovlar shu yerdan o'tadi.
Provodkalar
5210 Mamlakat ichidagi valyuta schyotlariAktiv · Pul mablag'lari
Chet el valyutasidagi bank schyoti. Hisobot sanasida MB kursi bo'yicha qayta baholanadi.
Provodkalar
22-son BHMS →
6010 Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to'lanadigan schyotlarPassiv · Majburiyatlar
Olingan tovar, ish va xizmatlar uchun yetkazib beruvchilar oldidagi qarz.
Provodkalar
6310 Xaridor va buyurtmachilardan olingan bo'naklarPassiv · Majburiyatlar
Tovar jo'natilishidan oldin xaridordan olingan pul. Daromad emas, majburiyat.
Provodkalar
Operatsiya Dt Kt Xaridordan oldindan to'lov keldi 5110 6310 Jo'natilganda bo'nak hisobga olindi 6310 4010
6410 Budjetga to'lovlar bo'yicha qarzPassiv · Majburiyatlar
Barcha soliqlar bo'yicha budjet oldidagi qarz: QQS, foyda solig'i, NDFL, mol-mulk solig'i va boshqalar. Soliq turlari subschyotlarda.
Provodkalar
Soliq muddatlari →
6520 Davlat maqsadli fondlariga to'lovlarPassiv · Majburiyatlar
Ish haqi bilan bog'liq majburiy ajratmalar. INPS alohida ushlanma emas — hisoblangan JShDS ichidan ajratiladi. Ijtimoiy soliq ayrim korxonalarda 6410 da yuritiladi — hisob siyosatiga qarab.
Provodkalar
Ish haqi kalkulyatori →
6610 Ta'sischilarga dividendlar bo'yicha qarzPassiv · Majburiyatlar
E'lon qilingan, lekin hali to'lanmagan dividendlar.
Provodkalar
6710 Mehnat haqi bo'yicha xodimlar bilan hisob-kitoblarPassiv · Majburiyatlar
Xodimlarga hisoblangan, lekin hali to'lanmagan ish haqi. To'liq tsikl: ish haqi provodkalari .
Provodkalar
Ish haqi kalkulyatori →
6810 Qisqa muddatli bank kreditlariPassiv · Majburiyatlar
Bir yilgacha muddatga olingan bank kreditlari. Bir yildan ortig'i — 7810.
Provodkalar
24-son BHMS →
6920 Hisoblangan foizlarPassiv · Majburiyatlar
Kredit va qarzlar bo'yicha hisoblangan, lekin hali to'lanmagan foizlar.
Provodkalar
24-son BHMS →
8330 Ulushlar va paylar (MChJ ustav kapitali)Passiv · Xususiy kapital
MChJ ta'sischilarining ustav kapitalidagi ulushlari. Odatda ta'sis hujjatlariga o'zgartirish kiritilib, ro'yxatdan o'tkazilganda o'zgaradi.
Provodkalar
Operatsiya Dt Kt Ustav kapitali shakllantirildi 4610 8330
8710 Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasiPassiv · Xususiy kapital
Yil yakunidagi sof foyda (yoki zarar) shu yerga o'tadi; dividendlar shu foydadan to'lanadi.
Provodkalar
9010 Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlarDaromad · Daromadlar
O'zi ishlab chiqargan mahsulotni sotishdan tushum (QQSsiz).
Provodkalar
2-son BHMS →
9020 Tovarlarni sotishdan daromadlarDaromad · Daromadlar
Sotib olingan tovarlarni qayta sotishdan tushum (QQSsiz).
Provodkalar
2-son BHMS →
9030 Ishlar va xizmatlardan daromadlarDaromad · Daromadlar
Bajarilgan ish va ko'rsatilgan xizmatlardan tushum (QQSsiz).
Provodkalar
9040 Sotilgan tovarlarni qaytarishKontr-daromad · Daromadlar
Xaridor qaytargan tovarlar summasi (QQSsiz). Sotishdan daromadni kamaytiradi.
Provodkalar
9050 Xaridorlarga berilgan chegirmalarKontr-daromad · Daromadlar
Sotuvdan keyin xaridorga berilgan chegirmalar. Sotishdan daromadni kamaytiradi.
Provodkalar
9310 Asosiy vositalar chiqib ketishidan foydaDaromad · Daromadlar
AVni qoldiq qiymatidan qimmatroq sotishdan olingan foyda.
Provodkalar
Operatsiya Dt Kt Sotishdan foyda aniqlandi 9210 9310
9390 Boshqa operatsion daromadlarDaromad · Daromadlar
Asosiy faoliyatdan tashqari operatsion daromadlar: inventarizatsiyada ortiqcha chiqqan qiymatliklar, hisobdan chiqarilgan kreditorlik qarzi, olingan jarima va penyalar.
Provodkalar
Operatsiya Dt Kt Inventarizatsiyada ortiqcha tovar chiqdi 2910 9390 Da'vo muddati o'tgan kreditorlik qarzi hisobdan chiqarildi 6010 9390 Davr oxirida yopildi 9390 9910
19-son BHMS →
9540 Valyuta kursi farqidan daromadlarDaromad · Daromadlar
Valyutadagi pul va hisob-kitoblarni qayta baholashdan ijobiy farq.
Provodkalar
Operatsiya Dt Kt Valyuta schyoti qayta baholandi 5210 9540
22-son BHMS →
9110 Sotilgan tayyor mahsulot tannarxiXarajat · Xarajatlar va natija
Sotilgan o'z mahsulotining ishlab chiqarish tannarxi.
Provodkalar
9120 Sotilgan tovarlar tannarxiXarajat · Xarajatlar va natija
Sotilgan tovarlarning xarid tannarxi.
Provodkalar
9130 Bajarilgan ish va xizmatlar tannarxiXarajat · Xarajatlar va natija
Xizmat ko'rsatish bilan bevosita bog'liq xarajatlar.
Provodkalar
9210 Asosiy vositalarning chiqib ketishiTranzit · Xarajatlar va natija
AV sotilganda yoki hisobdan chiqarilganda natijani aniqlash uchun ishlatiladi; oxirida qoldiqsiz yopiladi.
Provodkalar
9410 Sotish xarajatlariXarajat · Xarajatlar va natija
Reklama, yetkazib berish, sotuvchilar ish haqi, qadoqlash.
Provodkalar
9420 Ma'muriy xarajatlarXarajat · Xarajatlar va natija
Ofis ijarasi, boshqaruv ish haqi, aloqa, bank xizmatlari, ofis AV amortizatsiyasi.
Provodkalar
9430 Boshqa operatsion xarajatlarXarajat · Xarajatlar va natija
Asosiy faoliyatga bevosita bog'liq bo'lmagan xarajatlar: jarima va penyalar, AV sotishdan zarar, homiylik, inventarizatsiya kamomadi.
Provodkalar
9610 Foizlar ko'rinishidagi xarajatlarXarajat · Xarajatlar va natija
Kredit va qarzlar bo'yicha foizlar.
Provodkalar
24-son BHMS →
9620 Valyuta kursi farqidan zararlarXarajat · Xarajatlar va natija
Valyutadagi pul va hisob-kitoblarni qayta baholashdan salbiy farq.
Provodkalar
Operatsiya Dt Kt Valyuta schyoti qayta baholandi 9620 5210
22-son BHMS →
9810 Foyda solig'i bo'yicha xarajatlarXarajat · Xarajatlar va natija
Hisoblangan foyda solig'i summasi.
Provodkalar
9910 Yakuniy moliyaviy natijaNatija · Xarajatlar va natija
Davr oxirida barcha daromad va xarajatlar shu yerda yopiladi. Kredit qoldig'i — foyda, debet qoldig'i — zarar.
Provodkalar
Operatsiya Dt Kt Daromadlar yopildi 90xx 9910 Xarajatlar yopildi 9910 91xx–98xx Sof foyda o'tkazildi 9910 8710
Provodkalar amaliy misol sifatida soddalashtirilgan. «01xx», «02xx», «04xx», «05xx» — obyekt turiga mos aniq subschyot. Subschyotlar va ayrim yozuvlar (masalan, ijtimoiy soliq 6520 yoki 6410 da) korxona hisob siyosatiga qarab farq qiladi. Rasmiy matn: 21-son BHMS, lex.uz.
Ko'p uchraydigan operatsiyalar
Bir operatsiyaning boshidan oxirigacha bo'lgan barcha provodkalari ketma-ketligi bilan.
Ish haqi: hisoblashdan to'lovgacha Oddiy xodim, imtiyozsiz holat. Misol: 10 000 000 so'm ish haqi → JShDS 12% = 1 200 000 so'm, shundan INPS 0,1% = 10 000 so'm (qo'shimcha ushlanma emas, JShDS ichidan), budjetga JShDS 1 190 000 so'm; xodim qo'liga 8 800 000 so'm; ijtimoiy soliq 12% = 1 200 000 so'm ish beruvchi hisobidan. Xodim lavozimiga qarab xarajat schyoti o'zgaradi: ma'muriy — 9420, sotish — 9410, ishlab chiqarish — 2010 yoki 2510.
Operatsiya Dt Kt Ish haqi hisoblandi — 10 000 000 9420 6710 JShDS ushlandi (INPS qismisiz) — 1 190 000 6710 6410 INPS — 10 000 6710 6520 Ijtimoiy soliq hisoblandi — 1 200 000 9420 6520 Ish haqi kartaga o'tkazildi — 8 800 000 6710 5110 JShDS budjetga to'landi 6410 5110
Tovar xaridi QQS bilan Yetkazib beruvchi ESF bilan QQSli tovar jo'natdi, avval bo'nak to'langan.
Tovar sotuvi QQS bilan Xaridorga QQSli ESF bilan tovar sotildi va to'lov keldi.
Asosiy vosita xaridi va amortizatsiya Ofis uchun kompyuter sotib olinib, foydalanishga topshirildi.
Operatsiya Dt Kt Kompyuter sotib olindi (QQSsiz) 0820 6010 Kiruvchi QQS 4410 6010 Foydalanishga topshirildi 01xx 0820 Yetkazib beruvchiga to'landi 6010 5110 Har oy amortizatsiya 9420 02xx
Asosiy vositani sotish Eskirgan avtomobil sotildi; natija 9210 orqali aniqlanadi.
Operatsiya Dt Kt Eskirish summasi chiqarildi 02xx 01xx Qoldiq qiymat 9210 01xx Sotish narxi 4010 9210 Sotishdan QQS 9210 6410 Foyda (yoki zarar: Dt 9430 Kt 9210) 9210 9310
Oy va yil yakunida yopish Daromad va xarajatlar 9910 ga yopiladi, sof foyda taqsimlanmagan foydaga o'tadi.
Operatsiya Dt Kt Daromadlar yopildi 9010–9030, 9310–9390 9910 Qaytarish va chegirmalar yopildi 9910 9040–9050 Tannarx yopildi 9910 9110–9130 Davr xarajatlari yopildi 9910 9410–9430 Foyda solig'i hisoblandi 9810 6410 Foyda solig'i yopildi 9910 9810 Sof foyda 9910 8710
Ko'p beriladigan savollar
Schyotlar rejasi nima? Schyotlar rejasi — 21-son BHMS bilan tasdiqlangan, barcha korxonalar uchun yagona buxgalteriya schyotlari ro'yxati. Har bir xo'jalik operatsiyasi shu schyotlar orqali ikkiyoqlama yozuv bilan aks ettiriladi.
Dt va Kt nimani bildiradi? Dt — debet, Kt — kredit. Aktiv schyotlarda debet ko'payishni, kredit kamayishni bildiradi; passiv schyotlarda aksincha. Har bir provodkada debet va kredit summasi teng bo'ladi.
Kiruvchi QQS qaysi schyotda yuritiladi? Amaliyotda hisobga olinadigan kiruvchi QQS 4410 schyotining alohida subschyotida yuritiladi va chiquvchi QQSga Dt 6410 Kt 4410 yozuvi bilan hisobga olinadi.
Ish haqidan qanday provodkalar beriladi? Ish haqi hisoblanganda Dt 9420 (yoki 9410, 2010) Kt 6710; JShDSning INPSdan tashqari qismi Dt 6710 Kt 6410; JShDS ichidan ajratiladigan INPS Dt 6710 Kt 6520; ijtimoiy soliq Dt 9420 Kt 6520; to'langanda Dt 6710 Kt 5110. INPS qo'shimcha ushlanma emas.
Provodkalar bilan vaqt yo'qotmang
Buxgalteriyangizni 1C da to'liq yuritamiz: provodkalar, soliq hisobotlari, ish haqi va akt sverkalar. Narxni bepul hisoblab beramiz.
Ariza qoldirish