Bosh sahifa › Xizmatlar › Buxgalteriyani tiklash

Xizmatlar

Buxgalteriyani tiklash va xatolarni tuzatish

Avvalgi buxgalterdan tartibsiz baza qoldimi yoki soliqdan talabnoma keldimi? Hisobni bosqichma-bosqich tiklaymiz va firmani toza holatga keltiramiz.

Qachon kerak bo'ladi

  • Buxgalter ishdan ketdi, nima qilingani noma'lum.
  • 1C dagi qoldiqlar bank, ombor yoki kontragentlar bilan mos kelmaydi.
  • Soliq organidan tafovutlar bo'yicha talabnoma yoki xat keldi.
  • Soliq tekshiruvi, investor yoki bank uchun hujjatlarni tartibga keltirish kerak.
  • Bir necha oy yoki yil hisobotlar topshirilmagan.

Qanday tiklaymiz

  1. Diagnostika. Bank vipiskasini 1C bilan, elektron hisob-fakturalar registrini kirim-chiqim bilan, topshirilgan hisobotlarni soliq kabineti bilan solishtiramiz.
  2. Xatolar ro'yxati. Topilgan har bir farqni summasi va sababi bilan yozib, sizga tushunarli tilda tushuntiramiz.
  3. Tuzatish. Noto'g'ri hujjatlarni o'chirishga belgilab, to'g'ri hujjatlar bilan almashtiramiz, qoldiqlarni tiklaymiz.
  4. Akt sverkalar. Asosiy kontragentlar bilan qarzdorlikni solishtirib, tasdiqlaymiz.
  5. Hisobotlar. Kerak bo'lsa aniqlashtirilgan (tuzatish) hisobotlarni topshiramiz va soliq talabnomalariga javob beramiz.

Natijada nima olasiz

Toza 1C bazasi, haqiqiy qarzdorlik va qoldiqlar, tuzatilgan hisobotlar hamda nima o'zgargani haqida qisqa xulosa. Shundan keyin oylik buxgalteriya xizmati bilan hisobni davom ettirishimiz mumkin.

Ofisimiz

Ishning katta qismi masofadan bajariladi, lekin istalgan payt uchrashib gaplashishimiz mumkin.

Toshkent, Novza ko'chasi, 14Dushanba–Shanba, 9:00–18:00

Ko'p beriladigan savollar

Tiklash qancha vaqt oladi?

Davr uzunligi va hujjatlar soniga bog'liq. Diagnostikadan keyin aniq muddat va narxni aytamiz.

Hujjatlar to'liq bo'lmasa-chi?

Elektron manbalardan — bank, soliq kabineti, ESF tizimidan — ko'p narsani tiklash mumkin. Qolganini kontragentlar bilan akt sverka orqali aniqlaymiz.

Jarimadan qutulish mumkinmi?

Xatoni soliq organi aniqlashidan oldin o'zingiz tuzatsangiz, oqibati odatda yengilroq bo'ladi. Shuning uchun tiklashni kechiktirmaslik kerak.

Boshqa xizmatlar

Narxni bepul hisoblab beramiz

Ariza qoldiring — o'zimiz qo'ng'iroq qilamiz, firmangiz haqida bir necha savol berib, aniq narxni aytamiz. Hech qanday majburiyat yo'q.

Ariza qoldirish